Butun dunyo bo'ylab sayohatlar
Maldivlar
Maldivlar
Bu shunday kurortki, u allaqachon har og'izga tushib bo'lgan, chunki har bir kishi hayotida hech bo'lmasa biron marta u yerga borishni orzu qiladi. Shuning uchun Maldiv orollarida dam olish bizning tassavurimizda Hind okeanining manzarali peyzajlari bilan qalashib ketganligidan ajablanmasa ham bo'ladi: Toshkentdan ikki kishilik so'nggi daqiqali yo'llanmalar bu ajoyib mamlakatda haqiqatdan ham kilometrlarga cho'zilib biron kimsa uchramaydigan plyajlardan bahramand bo'lish imkoniyatini, mehmonxonalardagi yuqori darajali xizmatlardan rohatlanish va tabiat go'zalligidan doimo hayratlanish imkoniyatini ta'minlaydi.
Turkiya
Turkiya
Mehmondo'st Turkiya yil ichi faol dam olishni xohlovchilar uchun ochiq - yozgi plyajlar, tog' chang'i kurortlari, diqqatga sazovor qadimiy joylar va sharqiy bozorlardagi savdo-sotiq. Quyoshli sohil mehmonlari  "All Inclusive" dasturlaridan mamnun bo'lishadi. Turkiyada bolalar bilan dam olish alohida o'rin tutadi, chunki boshqa hech qanday yo'nalish bunday hamyonbop va xilma-xil dasturlarni har yoshdagi bolalarga taqdim eta olmaydi. 
BAA
BAA

Birlashgan Arab Amirliklari - bu sayyohlarning barcha istaklarini qondirishga intiladigan mamlakat: bu yerda sizga qulay plyajlar, me'morchilik mo'jizalari, tabiiy ekzotika, "Ming bir kecha" ruhidagi rang-baranglik, cheksiz xarid qilish imkoniyatlari, oltin muzqaymoq tortiq qiluvchi restoranlar, "Formula-1" yoki Yuqori Moda Haftaligi kabi qiziqarli tadbirlar va eng xilma-xil o'yin-kulgilar taklif etiladi. Hammasi birdaniga. Agar cho'lda tog' chang'isiga mos qor yo'q bo'lsa - sun'iy tog' chang' i kurorti yaratiladi, agar syorfing uchun to'lqinlar past bo'lsa - akvaparkda odam bo'yi balandlikdagi to'lqinlar yasaladi, agar hashamatli mehmonxonalar uchun joy yetarli bo'lmasa - marhamat, mana sizga Palma Jumeira orollari.

Maldivlar
Maldivlar

Maldiv orollari — mukammal plyaj dam olishining sinonimi. Oppoq qum, moviy rangli okean, hashamatli palma daraxtlari va qoziqlarga o'rnatilgan suv usti  villalari. Qishni bu yerda faqat yangi yil archasi o'xshab ketuvchu riflar eslatadi. Plyajlar, tabiatdan bahramand bo'lish va suv ostida suzishdan tashqari, Maldiv orollarida sizni kichikroq, odam yashamaydigan orolchalarga sayohatlar, delfinlarni dengizda kuzatish va hatto muzeylar va bozorlarga  tashriflar kutmoqda. Bunday hordiq moviy okean sohilidagi qulay va chiroyli dam olishning klassikasi. Qor kabi oppoq qumlar, g'ayrioddiy go'zal suvlar va hamma joyda o'sib yotgan shox-shabbalarini keng yoygan palma daraxtlari — ushbu orollarning tashrif qog'ozi hisoblanadi.

Tailand
Tailand

Tailandda siz o'zingizga yuqori narxli mehmonxonada hashamatli hordiq chiqarishga ijozat berishingiz yoki sohil bo'yidagi oddiy bungaloda joylashishingiz, suv ustida joylashgan bozordan suvenirlar xarid qilishingiz va Qirollik Saroyiga tashrif buyurishingiz mumkin. Tailand ko'plab orollarga boy, ular betakror o'simliklar olamiga va barcha kerakli qulayliklarga ega ajoyib plyajlar va romantika  uslubidagi ajoyib mehmonxonalar bilan mashhur bo'lib, bu albatta sevgi shaydo juftliklariga va yangi turmush qurgan kelin-kuyovlarga yoqadi.

Fransiya
Fransiya

Parijga unutilmas sayohat. Fransiyaning porloq poytaxti haqida cheksiz gapirish mumkin, lekin yaxshisi, uni bir marta borib ko'rib, hamma narsani o'z ko'zi bilan ko'rish ma'qul. Lekin undan ham yaxshisi - bir marta emas, ko'p marta tashrif buyurish. Parij barcha uchun o'zgacha mehribon: romantika izlagan oshiq yuraklar, san'at ixlosmandlari, shirin ovqat ishtiyoqmandlari, musiqa shaydolari va barcha yoshdagi yangi taassurot qidiruvchilari uchun "o'zinikiday" bo’lib qoladi.

Gruziya
Gruziya

Gurjiston shunday diyorki, bunda ulkan qorli tog'lar Qora dengizning iliq to'lqinlari bilan qo'shni, bir necha yuz kilometr maydonning o’zida uzumzorli vodiylarni va Alp o'rmonlarini, subtropik hududlarni va yarim cho'llarni, mintaqadagi eng baland tog' cho'qqilarini hamda yer osti karst g'orlarining dunyosini, oltingugurtli va shifobaxsh buloqlarni ko'rishingiz mumkin. Qadim zamonlardan boshlab bu yerda har bir mehmon Xudodan deb hisoblanadi, bu esa an'analar, yurak isitgisi, samimiylik va saxiylik asosida qurilgan noyob gurji mehmondo'stligi udumlarini shakllantirgan.

O'zbekiston tog'lariga individual ekskursiyalar

Chotqol tog'lari, Kichik va Katta Chimyon, Ugom tizmasi, Boysun tog'lari, Nurota tog'lari

Quyoshli O'zbekistonga eng talabgor turlar
Samarqand
Samarqand

Samarqand bu shunday shaharki unga tashrif buyurib, abadiy maftun bo’lib qolish mumkin bo'lgan noyob shaharlardan biridir. Aynan shu yerda turli madaniyatlar va vaqt o'zaro chambarchas bog'langan. Samarqand Rim bilan tengdosh bo'lib, taxminan 2750 yil avval paydo bo'lgan, shuning uchun u dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri sifatida haqli ravishda e’tirof qilinadi. Aynan shu shahar buyuk Amir Temurning ulkan imperiyasining poytaxti bo'lgan. Shunday qilib, bu yerga qadam qo'yganingizda, siz tabiiy tarzda tarixga tegingan bo'lasiz. Samarqand — yashil va ko'k gumbazlar shahri, hashamatli devoriy naqshlar, rang-barang manzaralar va takrorlanmas hashamatlar shahridir.

Buxoro
Buxoro

Buxoro ohanrabo singari millionlab kishilarning qiziquvchan nigohlarini o'ziga tortadi. Inson tarixining katta qismi shu shahar bilan bog'liq. Ko'plab asrlar davomida Chin mamlakati va Ovrupodan tuya savdo karvonlari Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab turli mollar tashigan, bu karvonlar shu bilan birga boshqa madaniyat va xalqlardan xabar va g’oyalarni ham tashiganlar. Ushbu yangiliklar va g’oyalar qadimiy yo'llarning kesishgan nuqtasida qabul qilingan va Buxoroning me'morchilik yodgorliklari va o'ziga xos madaniyatida aks etgan.

Xiva
Xiva

Eng go'zal vohali shahar bo'lgan Xiva qadimgi devorlar, minora va noyob binolari bilan ajralib turadi. Xivaning tarixi 2500 yildan ortiq. Agar siz tarixga sho'ng'imoqchi bo'lsangiz va qadimiy Sharqning haqiqiy go'zalligini ko'rmoqchi bo'lsangiz, Xivaga tashrif buyuring. Bu yerda hamma narsa odatdagidan farq qiladi — oshxonasi, odamlari, tili, hatto me'moriyati ham. Deyarli hamma narsa dastlabki qo’hna holida saqlangan. Ko'chalar toshlar bilan qoplangan. Go'yo shatranj donalari singari joylashgan minoralar, madrasa va masjid gumbazlari har tarafdan ko'rinib turadi. Hattoki zamonaviy binolar ham qadimiy uslubda bezatilgan.

  Qoraqalpog'iston

Qoraqalpog'iston

Aytishlaricha, Nukus shahrining nomi "to'qqiz" raqami bilan bog'liq - bu nom "no’kis" qabilasidan kelib chiqqan ekan. Afsonaga ko'ra, to'qqiz ayol Xorazm shohi tomonidan bu tarafga surgun qilingan va ularga turmush qurish taqiqlangan. Biroq, taqiqni buzgan bu ayollar keyinchalik bu joylarda o'rnashib qolgan qabilaning asoschilari bo'lishgan. Mamlakat Arab istilosini va Jo’chi Ulusini boshidan kechirgan. Aynan mana shu hududga Mo'g'ul-Islom to'qnashuvlar davridagi urushlarning barcha og'irligi tushgan.

To'lovingizni hoziroq amalga oshiring!

Чтобы настроить прием платежей нажмите кнопку "Наполнение"
  Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

"SHAKH TOURS" faoliyat sohasi turistik sayohatlarni tashkil qilish bilan bog'liq xizmatlar to'liq doirasini o'z ichiga oladi. Bizda o'z talab va istaklaringizga mutlaqo mos keladigan tur va aviachiptalarni buyurtma qilishingiz mumkin.


Sizning dam olish haqidagi orzuingizni amalga oshirishga yordam beramiz, qayerga borishni xohlamang, hujjatlar yig'ishning og'ir yukidan qutqarib, dam olishingizni unutilmas va eng yaxshi qilishga har doim shaymiz!м рады сделать Ваш отдых незабываемым и самым лучшим!

свидетельство SHAKH TOURS

Tez-tez so'raladigan savollar

Hozir chet elda dam olish xavfsizmi?

Turkiya, Misr, BAA va Maldiv orollaridagi kurortlarida butun dunyodan kelgan sayyohlar dam olishadi. Agar xavfli bo'lganida, boshqa davlatlar fuqarolari bu yerlarda dam olishdan bosh tortgan bo'lar edilar. Xavfsizlik jihatidan hech narsa o'zgarmagan. Ayniqsa, Birlashgan Arab Amirliklaridagi xavfsizlik darajasini alohida ta'kidlash kerak - bu dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Noyabr-dekabr oylarida qayerga cho’milgani borish mumkin?

Ushbu davrda suzish uchun qulay tabiiy sharoitlar Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida bo'ladi: Xitoy, Vyetnam, Tailand, shuningdek Hindiston, Maldiv orollari va Seyshel orollari, Kuba, Dominikana. Misr va Indoneziya yil davomida borish mumkin bo'lgan yo'nalishlar deb hisoblanadi, ammo Misrda dekabr o'rtasidan mart boshlargacha shamollar mavsumi bo'lsa, Indoneziyada shu vaqt ichida nam mavsum bo'ladi.

Bolalar bilan sayohatga chiqish mumkinmi?

Ha, 7 yoshdan katta bolalarni o'zi bilan olib ketish mumkin. 18 yoshgacha bo'lgan bolalar albatta katta yoshdagi kishilar hamrohligida sayohat qilishlari kerak.

Sayohatga nimalarni olish kerak?

Bu savol bo'yicha to'liq maslahat berish uchun siz saytimizda ko'rsatilgan telefon orqali bizning maslahatchimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Turni bron qilish uchun nimalar kerak?

Chet el mamlakatlariga tur bron qilish uchun shartnoma tuzish, oldindan to'lovni amalga oshirish yoki sotib olinayotgan yo'llanma uchun to'liq to'lov qilish hamda ketayotgan shaxslarning xorijiy pasport ma'lumotlarini menejerimizga taqdim etish zarur.

Mijozlarimiz nima deyishadi
Sherzod Tulaganov
"SHAKH TOURS" xizmatlaridan sayohatlarimni rejalashtirishda bir necha bor foydalandim va har doim mamnun bo'lganman. Bu yerda raqobatbardosh narxlarda ajoyib chipta tanlovlarini taqdim etadilar, va ularning professional xodimlari doim optimal marshrutni tanlashda yordam berishga tayyor. "SHAKH TOURS" tufayli chipta bron qilish ancha osonlashgan!
Kamila Tursunova
"SHAKH TOURS" jamoasi sayohat olamidagi haqiqiy professional hamkor. Ular doimo aviachiptalar uchun eng yaxshi narxlarni topib berishadi va yo'nalishlar va reyslar haqida to'liq ma'lumot taqdim etishadi. Bu ishonchli tur agentligi, va men ularning mening sayohatlarimni tashkil etishdagi beg'araz yordami uchun minnatdorman!
Viktoriya Romanova
"SHAKH TOURS" jamoasi sayohat olamida haqiqiy professional sherikdir. Ular doimo aviachiptalar uchun eng yaxshi narxlarni topib berishadi va yo'nalishlar hamda reyslar haqida to'liq ma'lumotni taqdim etishadi. Bu ishonchli tur agentligi va men ularning sayohatlarimni tashkil etishdagi beg'araz yordami uchun minnatdorchilik bildiraman!
Timur Salimov
SHAKH TOURS" mening sayohat olamidagi ishonchli yo'ldoshlarimga aylandi. Bu oddiy tur agentligi emas, bu haqiqiy mutaxassislar, ular mening sayohatlarimni qulay va unutilmas qilish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishadi. Ular har qanday savollarga javob berishga va chiptalar bron qilinishi va sayohatlar tashkil etilishi bilan bog'liq har qanday muammolarni hal qilishga tayyor. Ularning ajoyib xizmati uchun men chin dildan minnatdorman!
Kontaktlar
Biz bilan istalgan qulay usulda bog'lanishingiz yoki qo'ng'iroq buyurtma qilishingiz mymkin
O'zbekiston, Toshkent, Yashnabod tumani,
Maxtumquli ko'chasi, uy 91/2, xonadon 38
Yaqin paytda siz bilan bog'lanamiz
Yaqin paytda siz bilan bog'lanamiz
* Ismingiz
 
* Telefoningiz